Нодира Афоқова
Nodira Afoqova — oʻzbek adabiyotshunos olimasi va shoira. 1966-yil 20-noyabrda Buxoro shahrida tugʻilgan. Filologiya fanlari doktori, Buxoro davlat universiteti professori.
Ilmiy izlanishlari jadid adabiyoti hamda mumtoz oʻzbek sheʼriyati shakllari — musammat, gʻazal, ruboiy va qitʼa poetikasiga bagʻishlangan. Shuningdek, XX asr oʻzbek sheʼriyati, xususan Choʻlpon va Shavkat Rahmon ijodini tadqiq etgan.
Tarjimon sifatida fors tilidan «Ruh ul-quds» asarini, rus tilidan Leonid Andreyev va Gi de Mopassan hikoyalarini, Mixail Lermontov hamda Marina Tsvetayeva sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan.
«Koʻngil shevasi» toʻplamidagi barcha asarlar. Qidiruv sarlavha va matn boʻyicha ishlaydi.
Sheʼrlarni oʻqish